INTELLEKTUAL MULKNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY HIMOYASI VA UNING AHAMIYATI
Toshkanov Nurbek Bahriddinovich
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada intellektual mulk, uning konstitutsiyaviy muhofazasi va jahon konstitutsionalizmida bu boradagi rivojlanish tendensiyasi tahlil etilgan. Intellektual mulk huquqining rivojlanish dinamikasi tarixiga ham nazar tashlangan. Muallifning fikricha, davlat intellektual mulkning qonun bilan muhofaza etilishini konstitutsiya darajasida belgilar ekan, mazkur sohada bir qancha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, mavjud globallashuv jarayoni davlatlarning milliy qonunchiligiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan fikrlar bildirilgan. Intellektual mulk huquqi sohasida ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilishi talab qilinayotgan masalalar bo‘yicha misollar keltirilgan. Xorijiy davlatlar konstitutsiyasi va qonunlarida intellektual mulkning ifoda etilishi usullari o‘rganilgan. Huquqshunos olimlarning ushbu masala bo‘yicha yondashuvlaridan misollar keltirilib, mualliflik pozitsiyasi bayon etilgan. Muallifning fikricha, bugungi postindustrial jamiyatda iqtisodiyot “intellektual iqtisodiyot” yoki “bilimlar iqtisodiyoti” deb atalayotgan ekan, har qanday zamonaviy davlat buning chaqiriqlarini his qila bilishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda, “intellektual mulk” tushunchasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topishini ushbu chaqiriqlarga munosib javob sifatida baholash mumkin. O‘z navbatida, bu intellektual mulk – nomoddiy obyektdan moddiy daromad olishni rag‘batlantirishga xizmat qilmasdan qolmaydi. Xususan, uni tijoratlashtirishga bo‘lgan e’tiborning kuchayishiga ham zamin yaratishi mumkin.
Kalit so'zlar
Konstitutsiya, intellektual mulk, mutlaq huquqlar, ijod erkinligi, sanoat mulki, proprietar yondashuv, umumiy huquq.
Iqtibos uchun
For citation: