ATROF TABIIY MUHIT VA ENERGETIKA SOHASIDA EKOLOGIK HUQUQIY TALABLARNI BUZGANLIK UCHUN YURIDIK JAVOBGARLIK
Xayitov Panji Buxarovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada atrof tabiiy muhit hamda energetika sohasida ekologik-huquqiy me’yorlarga rioya qilinmasligi oqibatida yuzaga keladigan yuridik javobgarlik tizimi milliy va xalqaro nuqtayi nazardan tahlil qilindi. Ekologik qonunchilikni takomillashtirish, yashil energetika taraqqiyotining huquqiy asoslarini shakllantirish va kelajak istiqbollarini yanada rivojlantirishga doir muhim masalalar yoritilgan. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston energetika tizimini barqaror rivojlantirishdagi konstitutsiyaviy-huquqiy tamoyillar, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari va energiya huquqi manbalarining milliy hamda xalqaro ahamiyati o‘rganilgan. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularning huquqiy tartibga solinishi va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilishiga oid nazariy qarashlar ham tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
atrof tabiiy muhit, energetika tizimi, yashil energiya, qayta tiklanuvchi manbalar, energiyani tejash, ekologik xavfsizlik, yoqilg‘i-energetika resurslari, yuridik javobgarlik
Iqtibos uchun
For citation: