DAVLAT EKOLOGIK NAZORATINI AMALGA
OSHIRUVCHI MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT
BOSHQARUV ORGANLARI TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI
Ahrorov Adhamjon Asrorqul o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Maʼmuriy va moliya huquqi
kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat ekologik nazorati tushunchasi, uning asosiy vazifalari va undan ko‘zlangan maqsad, davlat ekologik nazoratining turlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish zarurati borasida mahalliy va xorijlik huquqshunos olimlarning fikrlari, shuningdek, atrof-muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish masalalari, ekologik nazoratni amalga oshirishdagi mavjud kamchiliklar to‘g‘risidagi statistik maʼlumotlar, davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi subyektlar doirasi hamda davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari tizimi va ularning vakolat doirasi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari tizimini optimallashtirish masalasi xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida yoritib berilgan. Shu bilan birga, davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilik asosida mamlakatimizda ham davlat ekologik nazoratini amalga oshirish vakolatini yagona davlat boshqaruv organiga berish masalasi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
davlat ekologik nazorati, maxsus vakolatli davlat organlari, atrof-muhit, moratoriy, ekologik nazorat subyektlari, tabiatdan foydalanuvchilar.