JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATISHNI RAD ETISH YOKI TUGATISHDA SHAXSLARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING AYRIM JIHATLARI

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda javobgarlikdan ozod etishning protsessual tartibi – ish yuritishni rad etish va tugatish qarorlari ustidan shikoyat qilishda vujudga kelayotgan muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari, qaror ustidan sudga murojaat qilish huquqining afzalliklari tadqiq etilgan. Maqolada mazkur qarorlar ustidan shikoyat qilishning protsessual tartibi yuzasidan amaliyot tahlili, mavjud muammolar va ularning yechimiga oid yetakchi ilmiy tashkilotlarning xulosalari tahlil qilingan. Shuningdek, ish yuritishni rad etish va tugatish qarorlarini qayd etish, ularning huquqiy oqibatlari bo‘yicha salbiy holatlar o‘rganilgan hamda statistik hisoblar va mazkur institut bilan bog‘liq boshqa muammolar ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, maqolada jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish va tugatishda protsessual xarajatlar hamda mazkur qarorlarni rasmiylashtirishda mavjud huquqiy bo‘shliq va kollizion holatlar yuzasidan fikrlar bildirilgan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar, tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan. Buning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
ish yuritishni rad etish, jinoyat ishini tugatish, statistik kartochkalar, sud, moddiy zarar, protsessual xarajatlar.