CHET TILINI O‘QITISHDA YURISTNING MADANIYATLARARO KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH (TDYU MISOLIDA)
Mirzaahmedova Mahliyo Yo‘ldoshevna
Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada bo‘lajak yuristning madaniyatlararo kompetensiyasi va uning chet tilini o‘rgatishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Darhaqiqat, yuristning kommunikativ, ijtimoiy-madaniy va kasbiy mazmundagi multikultural bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga asoslanib, kasbiy sohada samarali madaniyatlararo o‘zaro hamkorlik qilish qobiliyati, muloqot strategiyalari va yuristning kasbiy jihatdan muhim shaxsiy xususiyatlari yuristning madaniyatlararo kompetensiyasi sifatida tushuniladi. Ushbu kompetensiya o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘rtta komponentdan iborat: kommunikativ, ijtimoiy-madaniy, kasbiy profil va shaxsiy psixologik. Maqolaning maqsadi bo‘lajak huquqshunoslar, xususan, Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan huquqshunoslarning madaniyatlararo kompetensiyasini ta’riflashdan iborat. Buning uchun muallif turli olimlarning qarashlari va ta’riflariga e’tibor qaratadi, ular asosida yuristning madaniyatlararo kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismlarini izohlaydi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar tavsifiy, kontekstual, qiyosiy va konseptual tahlilni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, maqola huquqshunos talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Kalit so'zlar
kompetensiya, madaniyatlararo kompetensiya, yurist, chet tili, komponent, kasbiy muloqot, nolingvistik universitet.
Iqtibos uchun
For citation: