HUQUQIY TA’SIR CHORASI SIFATIDA OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH VA UNI CHEKLASHNING AYRIM JIHATLARI

Xayitov Muzaffar Muxamadjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi
mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Oila muhitida ota-ona va farzand munosabatlarining oqilona nisbatini saqlash har bir jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Bolaning komil inson bo‘lib kamol topishi oiladagi sog‘lom muhit, ota-ona va farzand munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligiga uzviy bog‘liq. Bu borada oila qonunchiligida belgilab qo‘yilgan bolaga nisbatan ota-onalik majburiyatlarining bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday bo‘lsa-da, jamiyatda baʼzi oilalarda nosog‘lom muhit sababli ota-onalik majburiyatlari lozim darajada bajarilmayapti, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarga oid qonun normalariga rioya qilinmayapti. Bu esa oila huquqi sohasida muayyan javobgarlik choralarini keltirib chiqarmoqda. Shu sababli jamiyatda mavjud mazkur ijtimoiy salbiy holat olim va mutaxassislar tomonidan tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilib kelinadi. Maqolada ota-onalik huquqidan mahrum qilish, uni cheklash hamda ularning asoslari oila huquqiy taʼsir chorasi sifatida tadqiq qilingan. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari ota-onaning yoxud ulardan birining huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi bilan uyg‘un ekanligiga eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, uni cheklash ayni vaqtda bolani ota-onaning, oila muhitining salbiy taʼsirlaridan himoya qilish hamda muhofaza qilish, bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash chorasi ekanligiga urg‘u berilgan.
Kalit so'zlar
ota-ona, bola, muhofaza, asos, huquq, xulq-atvor, chora, majburiyat.