OʻZBEKISTONNING YANGI KONSTITUTSIYASIDA QOʻLLANGAN -LAN, -LASH, -LAT, -LANTIR, -LASHTIR AFFIKSLARINI YURIDIK TA’LIMDA OʻRGANISH BOʻYICHA MULOHAZALAR

Ziyamuxamedova Shahnoza Tolkunovna

Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada oʻzbek tilida qoʻshma affiks va affikslar tizmasidagi omonimiyaga oid masalalar o‘rganilib, ularning guruhlarga ajratilishi, semantik munosabatlari hamda semantik-struktur xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, omoaffikslarni tizimlashtirish va tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasi lisoniy jihatdan oʻrganilib, yuridik ta’limda omoaffikslar, xususan, -lan, -lash, -lat hamda -lantir, -lashtir affikslarining qoʻllanishi tadqiq qilingan. Feʼl soʻz turkumi oʻzining murakkabligi va munozarali jihatlari bilan ajralib turadi. Shu bois tilshunos olimlar uzoq yillardan beri ushbu affikslarning semantik xususiyatlarini o‘rganish va baholashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Mazkur affikslar yordamida yasalgan feʼllarning soʻz shakllari Bosh qomusimiz misolida tahlil qilinib, yuridik til oʻrgatiladigan darslarda foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqolada feʼl turkumidagi ushbu murakkab va bir-biriga bogʻliq masalalarni yoritish nazarda tutilgan. Oʻzbek tilshunosligida feʼl turkumiga oid tadqiqotlar ko‘rib chiqilib, mazkur mavzuga bag‘ishlangan ilmiy ishlar tahlil qilingan. Xususan, -lan, -lash, -lat hamda -lantir, -lashtir affikslar tizmalari bilan yasalgan feʼllar “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan sinchiklab tanlab olindi va badiiy adabiyotlardan misollar toʻplandi. Ushbu material mavjud nazariy qarashlar asosida tahlil qilinib, ilmiy xulosalar chiqarishga harakat qilindi. Tadqiqot natijalari akademik yuridik matnlar tuzish hamda dars jarayonlarida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning grammatik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
qoʻshma affiks, omoaffiks, feʼl turkumi, feʼl nisbatlari, soʻz shakllari, semantik munosabatlar, affikslar tizmasi, omonimiya, nisbat koʻrsatkichlari
Iqtibos uchun
For citation: