STRATEGIK REJALASHTIRISH: NAZARIY VA METODOLOGIK JIHATLAR

Shayakubov Babur Axmadjonovich

mustaqil izlanuvchi

Muallif haqida ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati mas’ul xodimi
Annotatsiya
Ushbu maqolada strategik rejalashtirishni tushunish masalasi, uning ilmiy ta’rifi va mohiyati, olimlarning ushbu kategoriya yuzasidan turli xil qarashlari tahlil etilgan. Muallif ilmiy adabiyotda strategik rejalashtirish borasidagi qarashlarni tahlil etib, bu boradagi turli yondashuvlar mavjudligini, bu holat ushbu masalaga nisbatan olimlarning katta qiziqishni ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Ayrim guruh olimlar strategik rejalashtirishni “hodisa sifatida strategiya”, “strategiya – xatti-harakatlar prinsipi”, “pozitsiya sifatida strategiya”, “strategiya – istiqbol”, “strategiya uslub sifatida” deya qarashsa, boshqalari esa strategik rejalashtirishni fundamental fan sifatida e’tirof etishib, shu bilan birga siyosat, strategiya va taktika strategik rahbarlik va boshqaruvning mustaqil kategoriyalaridir, deb hisoblashadi. Strategik rejalashtirish jamiyat hayotining barcha sohalarini raqamlashtirish sharoitida jamiyat va davlat hayotida strategik barqarorlik omili sifatida harakat qilishi asoslantirilgan. Muallif strategik rejalashtirishning jamiyat va davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi, milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini yoritgan. Shuningdek, maqolada strategik rejalashtirishning bosqichlari, funksiyalari, prinsiplari tahlil etiladi va tegishli xulosalar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
rejalashtirish, strategik rejalashtirish, Harakatlar strategiyasi, strategik rejalashtirish nazariyasi, strategik rejalashtirish metodologiyasi, rivojlanish konsepsiyalari, strategik planlashtirish prinsiplari.
Iqtibos uchun
For citation: