XORIJIY DAVLAT SUD HUKM (QAROR)LARINI TAN OLISH VA IJRO ETISH BO‘YICHA DAVLATLARARO MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO SHARTNOMALARNING AHAMIYATI

Xaliqulov Komoliddin Nosirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada xorijiy davlat sud hukm(qaror)larini tan olish va ijro etishda davlatlararo munosabatlarni tartibga solishda xalqaro shartnomalarning ahamiyati tahlil qilingan. Muallif tomonidan universal, mintaqaviy va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar orqali davlatlararo huquqiy munosabatlarni tartibga solish ko‘rib chiqilgan. Xususan, universal, mintaqaviy va ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga to‘xtalib, ularning har biri xorijiy davlat hukm(qaror)larini tan olish va ijro etish jarayonida o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Jumladan, xorijiy davlat sud hukm(qaror)larini tan olish va ijro etishda davlat suvereniteti, milliy manfaatlar va jinoyatdan olingan daromadlarni musodara qilish kabi masalalar xalqaro hamkorlik doirasida yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston, Ozarbayjon va Chexiya kabi davlatlar bilan imzolagan ikki tomonlama shartnomalari, jumladan, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jazoni o‘tashni davom ettirishi hamda huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bitimlari tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlar sud hukm (qaror)larini tan olish va ijro etish bo‘yicha “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk va Kishinev konvensiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama shartnomalarida belgilangan talablariga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, universal konvensiyalarning umumiy yondashuvi va mintaqaviy, ikki tomonlama bitimlardagi protsessual tartiblar o‘rtasidagi farqlarga e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
xorijiy davlat sud hukm (qaror)larini tan olish va ijro etish, xalqaro shartnomalar, universal va mintaqaviy konvensiyalar, ikki tomonlama shartnomalar, jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam, Minsk konvensiyasi, Kishinev konvensiyasi, davlat suvereniteti, davlatlararo hamkorlik
Iqtibos uchun
For citation: