“YURISPRUDENSIYA” YO‘NALISHI BO‘YICHA TAYYORLANGAN ILMIY MAQOLALARNING TALABLARGA MOS KELMASLIK MASALALARI

Saloyeva Hilola Ravshan qizi

mustaqil izlanuvchi, Toshkent davlat yuridik universiteti Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada “huquqshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan ilmiy maqolalarning talablarga mos kelmaslik masalalarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari aks ettirilgan. Tadqiqotning maqsadi ilmiy materiallarni yozishda, shuningdek, keyinchalik ilmiy matnlarni yozish mahoratini oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqishda yuzaga keladigan asosiy muammolarni aniqlash va shu bilan yuqori ko‘rsatkichga ega jurnallarda xalqaro maqolalar soni oshishiga ko‘maklashishdir. 2019-yil yanvaridan 2021-yil martgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan tadqiqot davomida 320 dan ortiq huquqiy yo‘nalishdagi maqolalar tahlil qilindi, har bir ishning janr-kompozitsion jihatlari, tizimli-semantik, sintaktik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlari o‘rganildi. Nazariy va qiyosiy tahlil, induksiya, deduksiya, umumlashtirish, tizimli-semantik tahlil kabi ilmiy tadqiqot usullari qo‘llanildi. Har bir ilmiy maqola maxsus dasturlardan foydalangan holda plagiatda tekshirildi. Tadqiqot natijalari asosida maqolalarni bosqichma-bosqich tekshirish tartibi – texnik va ilmiy ekspertiza ishlab chiqilgan bo‘lib, bu jarayon maqolalar mualliflari bilan individual ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Huquqshunoslarni akademik yozuv va ilmiy maqolalarni to‘g‘ri yozish bo‘yicha o‘qitish zarurligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlardan seminarlar va treninglar uchun material sifatida foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
“huquqshunoslik” yo‘nalishidagi ilmiy maqola, ilmiy yangilik, ilmiy nutq, texnik ekspertiza, ilmiy ekspertiza, plagiat.
Iqtibos uchun
For citation: