DAVLAT BOSHQARUVINI NOMARKAZLASHTIRISH KONSEPSIYASIDA PRINSIPLARNING TUTGAN O‘RNI

Umarov Bekzod Azamatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada hozirgi kunda davlat boshqaruvini modernizatsiyalashda nomar­kazlashtirishning tutgan o‘rni, nomarkazlashlashtirish tushunchasining mohiyatini anglash yuzasidan turli yondashuvlar, nomarkazlashtirishda davlat boshqaruvi prinsipi, davlatning boshqaruvga ta’sir etish usuli, boshqaruv rejimi, davlat hokimiyati va davlat boshqaruvini tashkil etish shakli, shuningdek, ma’lum miqdordagi hokimiyat vakolatlarini boshqaruv ta’sir kompetensiyasiga ega subyektlar tomonidan zarur huquqlarga, vakolatlarga va resurslarga ega bo‘lgan subyektlarga o‘tkazish huquqiy mexanizmlari, nomarkazlashtirish siyosatini samarali amalga oshirishda prinsiplar (tamal qoidalar)ning ahamiyati, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarda nomarkazlashtirish prinsiplarining qo‘llanilish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, davlat boshqaruv funksiyalarini qayta taqsimlashda davlat, hududiy (regional) va mahalliy darajadagi manfaatlarini muvozanatlashtirgan holda, aholi umummanfaatlaridan kelib chiqib, eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratishga xizmat qiluvchi nomarkazlashtirilgan davlat boshqaruvining prinsipi sifatida davlat boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirish va faoliyat yuritish uchun bosh g‘oya sifatida ko‘p darajali tizimlashtirilgan boshqaruvchi subyektlarning majmuasi sifatidagi ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada nomarkazlashtirish institutining qo‘llanilishi mahalliy ma’muriy-hududiy birliklar darajasida o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplarini joriy etish imkoniyatini ham shakllantirayotgani yoritilgan.
Kalit so'zlar
nomarkazlashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash, fuqarolik jamiyati, nomarkazlashtirish prinsiplari, ma’muriy islohotlar, davlat boshqaruv rejimi, subsidiyarlik prinsipi, dekonsentratsiya.
Iqtibos uchun
For citation: