XALQARO NIZOLARNI TINCH YO‘L BILAN HAL ETISH VOSITASI SIFATIDA XALQARO TERGOV KOMISSIYALARI AHAMIYATI VA TUSHUNCHASI
Egamberdiyev Dilshod Alisherovich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Dunyo hamjamiyatida sodir bo‘layotgan turli voqea va hodisalar shundan dalolat bermoqdaki, xalqaro huquqiy munozaralar atrofida tergov komissiyalarini tuzish va ularning faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq asoslar ilmiy va siyosiy munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Chunki mazkur faoliyat 10 yoki 20-yil ilgari tuzilgan komissiyalarga qaraganda hozir tez-tez tuzila boshlandi. Maʼlumki, bugungi kunda jinoyatchilik, ayniqsa, xalqaro jinoyatchilik davlatlarning milliy huquqiga va xalqaro huquq normalariga hamda jamiyatning normal siyosiy tizimiga ham tahdid solib kelmoqda. Bunday tahdidga qarshi davlatlar birgalikda yoki universal xalqaro tashkilotlar orqali kurash olib borish ehtiyoji yuzaga kelmoqda. Transmilliy jinoyatlar, qurolli to‘qnashuvlar, genotsid, agressiya, terrorizm kabi jinoyatlar global muammoga aylangan. Bunday xalqaro miqyosdagi jinoyatchilikka qarshi kurash bilan bir qatorda, ularni sodir etishdan maqsad, sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararlarni aniqlash, turli nizolar vaqtida va undan keyin bevosita inson huquqlarini taʼminlash kabi harakatlar, albatta, muhim hisoblanadi. Xalqaro tergov komissiyalari xalqaro huquqning inson huquqlari, xalqaro gumanitar huquq va xalqaro jinoyat huquqi sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklarni o‘rganish maqsadida murojaat etiladigan xalqaro huquqning institutlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada muallif nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish vositasi sifatida xalqaro tergov komissiyalarinining ahamiyati va ularning tushunchasini ilmiy asoslab, yoritib bergan. Shuningdek, ushbu faoliyatni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq fikr mulohazalar yuritgan.
Kalit so'zlar
xalqaro, nizo, tergov, komissiya, transmilliy, inson huquqlari, gumanitar huquq, xalqaro jinoyat huquqi, faktlarni aniqlash.
Iqtibos uchun
For citation: