TIBBIYOT XODIMLARI TOMONIDAN O‘Z VAZIFALARINI BAJARMASLIK JINOYATINING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNGA IMKON BERGAN SHART-SHAROITLAR

Haydarov Shuhratjon Djumayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarga oid masalalar bayon etilgan. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining bugungi kunda respublikamizda yildan yilga o‘sib borayotganligi, bu esa ushbu jinoyatlarga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish zarurati mavjudligi asoslangan. Bundan tashqari, tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining sabablari shartli ravishda umumiy va maxsusga ajratib o‘rganilgan hamda olimlarning fikrlari tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, maqolada tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining umumiy sabablariga uning sodir etilishiga turtki bo‘lgan obyektiv sabablar, jumladan, tibbiyot xodimlarining kasb yuzasidan vazifalarni lozim darajada bajarishni ta’minlashga oid qonunchilik normalaridagi kamchiliklar, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida tegishli ruxsat beruvchi yoki taqiq o‘rnatuvchi tizimlarni huquqiy ta’minlash darajasining yetarli emasligi, aholi ongida tibbiy bilimlar sayozligi, mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy vaziyat, ayrim munosabatlarning yetarli darajada tartibga solinmaganligi kabi holatlar borligi ham asoslangan. Maqolada tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyati uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat, bemor, tibbiy yordam ko‘rsatmaslik, tibbiyot xodimi, kasb yuzasidan vazifalarni bajarmaslik, ijtimoiy xavfli qilmish, ehtiyotsizlik, jinoiy javobgarlik, shikast yetkazish, bemorga yordam ko‘rsatmaslik, maxsus qoidalar, xavf ostida qoldirish, beparvolik, jazo.