XALQARO ELEKTRON SAVDO MUNOSABATLARINI KOLLIZION-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Narimanov Bekzod AbduvaliyevichYakubov Axtam Nusratilloyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada elektron savdo tushunchasi, jahondagi elektron savdoning umumiy holati va yuksalish dinamikasi, xalqaro elektron savdoni tartibga solishda xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tajribasi, bu sohada qо‘llaniladigan kollizion normalar va ularning ahamiyatiga tо‘xtalgan holda, milliy qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar ilgari surilgan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan О‘zbekistonda elektron savdoga asoslangan iqtisodiyotni yaratish, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi savdo munosabatlarida faol ishtirok etishiga salbiy ta’sir kо‘rsatayotgan ayrim muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilinib, xalqaro amaliyot asosida takliflar ilgari surilgan. Elektron tijorat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonun normalarining ahamiyati amaliy misollar asosida tahlil qilinib, ularni takomillashtirish zarurati asoslab berilgan. Shu bilan bir qatorda, elektron tijorat, kriptovalyuta aylanmasini tartibga soluvchi qoidalar xorijiy olimlar va xalqaro tajriba asosida tahlil etilib, milliy qonunchilikka kiritish zarurati asoslangan. Elektron tashqi savdo bitimlardan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan ilmiy bahs yuritilib, ilmiy-nazariy xulosalar ilgari surilgan. Muallif tomonidan transchegaraviy elektron tijorat masalalari xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari va mavjud xalqaro hujjatlar asosida tahlil etilib, bu borada milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan xulosalarga kelingan.
Kalit so'zlar
“lex voluntatus”, business to business (B2B), business to customer (B2C), “lex venditoris”, “lex loci contractus”, “locus regit actum”, “lex electronica”, server joylashgan joy.
Iqtibos uchun
For citation: