XALQARO TIJORAT SHARTNOMALARIDA HUQUQNI TANLASH: RAQAMLI TIJORATDA ANIQ IFODALANGAN VA IFODALANMAGAN SHAKLLAR

Abdugaffarov Davronbek Dilshod o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada globallashuv va raqamli savdoning jadal rivojlanishi sharoitida xalqaro tijorat shartnomalarida qoʻllanadigan huquqni tanlashning murakkab masalalari koʻrib chiqiladi. Taraflar xohish-irodasi avtonomiyasining fundamental prinsipi, xususan, uning ochiq (shartnomada toʻgʻridan toʻgʻri belgilangan) va nazarda tutilgan (vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilangan) shakllari tahlil qilinadi. Shuningdek, anʼanaviy huquqiy yondashuvlarning smart-shartnomalar, markazlashmagan avtonom tashkilotlar va yurisdiksiyaning noaniqligi kabi zamonaviy muammolarga moslashuvi oʻrganiladi. Smart-shartnomalarning oʻzgarmasligi tijorat aniqligini taʼminlash bilan bir vaqtda huquqiy paradokslar va tartibga solish boʻshliqlarini keltirib chiqaradi, buni “Van Loon AQSh gʻaznasiga qarshi” ishi namoyish qiladi. Markazlashmagan avtonom tashkilotlarga yuridik shaxs maqomini berish zarurati turli yurisdiksiyalar (masalan, Vayoming, Shveysariya) tomonidan taklif etiladigan “huquqiy qobiqlar” bozorini shakllantiradi. Nizolarni hal qilishda koʻp imzoli arbitraj kabi innovatsion mexanizmlarning paydo boʻlishi ijro tartib-taomillarini xususiylashtirishga olib keladi. Tadqiqotning maqsadi anʼanaviy huquqiy yondashuvlarning zamonaviy tahdidlarga, jumladan, smart-shartnomalar, markazlashmagan avtonom tashkilotlar va yurisdiksiyaviy noaniqlikka moslashuvini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy tahlil va keys-stadi usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, aqlli shartnomalarning oʻzgarmasligi yuridik paradokslarni keltirib chiqaradi, ommaviy huquqning imperativ normalari esa tomonlarning ixtiyoriy mustaqilligini cheklaydi.
Kalit so'zlar
xalqaro xususiy huquq, raqamli savdo, huquq tanlovi, tomonlar irodasi avtonomiyasi, toʻgʻridan toʻgʻri tanlov, nazarda tutilgan tanlov, aqlli shartnomalar, markazlashtirilmagan avtonom tashkilotlar
Iqtibos uchun
For citation: