FERMER XО‘JALIKLARINING SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHASIDA EKOLOGIK NAZORATNING HUQUQIY AHAMIYATI
Shofiyev Zoir Shoniyozovich
Toshkent davlat yuridik universiteti
mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada fermer xо‘jaliklari tomonidan suv resurslaridan oqilona foydalanish sohasidagi davlat va jamoat ekologik nazoratining mazmuni va huquqiy ahamiyati о‘rganilgan. Muallif ekologiya nazoratini takomillashtirishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari muhim ahamiyat kasb etishini kо‘rsatib о‘tgan. Shu ma’noda ekologik nazorat tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirishni ta’minlashga qaratilgan. Fermer xо‘jaliklarining suv va suv resurslaridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuyi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Suv xо‘jaligi vazirligi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshirishi ilgari surilgan. Bunda fermer xо‘jaliklarining suv resurslaridan foydalanish sohasida ekologik nazoratning davlat va jamoat ekologik nazorat turlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, MDH davlatlari olimlari fermer xо‘jaliklarining suv resurslaridan foydalanish sohasida ekologik nazoratning taklif va tavsiyalari bayon etilgan. Muallif ushbu maqolada “ekologik nazorat tо‘g‘risida” hamda “jamoatchilik nazorati tо‘g‘risida”gi qonunlarda fermer xо‘jaliklarining suv resurslaridan foydalanish sohasida ekologik va jamoat nazoratining о‘rnini belgilab bergan.
Kalit so'zlar
fermer xо‘jaligi, suv resurslari, dehqon xо‘jaligi, suv iste’molchilari, tabiat obyektlari, suvdan foydalanuvchilar, davlat nazorati, ekologik nazorat, jamoat nazorati.
Iqtibos uchun
For citation: