DAVLAT XIZMATINI TASNIFLASH VA USHBU JARAYONDA DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINING OʻRNI

Raximov Dilmurodjon Gʻulomjon oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi katta oʻqituvchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti doktoranti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqola davlat xizmatini tasniflash va ushbu tizimda davlat fuqarolik xizmatining oʻrni borasidagi nazariy yondashuvlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi amaliyoti tahliliga bagʻishlangan. 2019-yildan boshlab mamlakatimiz qonunchiligi va amaliyotida “davlat fuqarolik xizmati” tushunchasi qoʻllanib kelayotganiga qaramay, uning chegarasi va davlat xizmatining boshqa turlaridan` farqlanishi boʻyicha muammolar mavjudligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Maqolada davlat xizmati tizimida davlat fuqarolik xizmatining oʻrni, davlat fuqarolik xizmatining maxsus xizmat sohalaridan farqli jihatlari va oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilinib, qaysi xizmat sohalari davlat fuqarolik xizmati tizimiga kirishi yoki aksincha, kirmasligi haqidagi mulohazalar asoslandi. Davlat xizmatini tasniflash boʻyicha mahalliy va xorijiy olimlarning qarashlari, ular taklif etayotgan nazariyalar xronologik uslubda tizimlilik, determinizm prinsiplari va statistik, qiyosiy-tahlil, umumlashtirish, ilmiy manbalarni kompleks tahlil qilish, mantiqiylik, formal-yuridik, induksiya, deduksiya kabi ilmiy metodlar asosida oʻrganildi. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy olimlarning nazariyalari, respublikamiz qonunchiligi va rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili asosida bir qancha amaliy taklif hamda tavsiya lar ishlab chiqildi. Jumladan, “davlat xizmati” va “davlat fuqarolik xizmati” tushunchalariga mualliflik ta’riflari berildi. Davlat fuqarolik xizmatining davlat xizmatining boshqa turlaridan farqlanishiga oid asosiy xususiyatlar tizimlashtirildi. Shuningdek, davlat xizmatini tasniflash jarayonida vujudga kelgan huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xizmati tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi va unda davlat xizmatining turlari aniq belgilanishi qayd etilib, qonun loyihasining asosiy mazmuniga oid konseptual g‘oyalar taklif etildi.
Kalit so'zlar
davlat xizmati, davlat xizmatchisi, davlat fuqarolik xizmati, maxsus xizmat, siyosiy xizmat, davlat xizmati tasnifi, rahbar, mansabdor shaxs
Iqtibos uchun
For citation: