ONLAYN BANKLAR FAOLIYATI SOHASIDA FIRIBGARLIKNI KVALIFIKATSIYA QILISH MASALALARI
Nurmanov Xolbek Rahmatilla oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizning moliya va iqtisod sohasida tobora salmoqli o‘ringa ega bo‘lib borayotgan onlayn banklar faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan kiberfiribgarlik jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish masalalari, ushbu jinoyatlarni sodir etishning ijtimoiy xavfli oqibatlari, shuningdek, ularni sodir etish tufayli jabrlangan shaxslarning viktim harakatlari tahlil qilinadi. Muallif onlayn banklar faoliyati sohasidagi firibgarlik uchun milliy jinoyat qonunchiligida munosib javobgarlik choralari belgilanmaganligi, shu bois ushbu ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun munosib va uning oldini olish uchun yetarli yuridik javobgarlikni belgilash zarur degan xulosaga kelgan, tadqiqotchining fikricha, asosiy obyekt ostida o‘zga shaxsning mol-mulki yoki mulkiy huquqlari, moddiy manfaatlari, qo‘shimcha obyekt ostida esa tegishli tartibda kompyuter texnologiyalari, kompyuter tizimlari tushunilishi lozim. Shu munosabat bilan maqolada milliy jinoyat qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorini onlayn banklar sohasida sodir etiladigan firibgarlik va o‘g‘rilikni o‘zaro farqlash va to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga oid zarur huquqiy qoidalar bilan to‘ldirishga oid taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Kalit so'zlar
firibgarlik, talon-toroj, bank, onlayn, kredit, o‘g‘rilik, mol-mulk, kompyuter axboroti
Iqtibos uchun
For citation: