MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING USTAV JAMG’ARMASIDAGI QARZDOR ULUSHINI MAJBURLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Saidov Maqsudbek Norboyevich

Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada tijoratchi yuridik shaxsning mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi tashkiliy-huquqiy shakli tasnifi, uning yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllaridan farqi va afzalliklari, jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) tushunchasi, ustav fondining jamiyat faoliyatidagi ahamiyati, jamiyat ustav fondidagi ulush, ulushning nominal, haqiqiy va bozor qiymati tushunchalari va ularning farqli jihatlari, undiruvni qarzdorning jamiyat ustav fondidagi ulushiga qaratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar, murojaat qilish tartibi va bosqichlari, protsessual hujjatlarga qo‘yiladigan talablar, bu boradagi sud amaliyoti tahlili, ishlarning sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayonida yuzaga kelayotgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va huquq normalarining qo‘llanilishi yuzasidan fikr-mulohazalar, sudlar tomonidan qabul qilinadigan sud hujjatlari, ularni ijroga qaratish bo‘yicha tushuntirishlar va majburiy talablarga rioya qilinmagan taqdirda, ish yuritilganda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar, undiruvni qarzdorning jamiyat ustav fondidagi ulushiga qaratish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi va bu sohadagi normativ-huquqiy bazasi, xorijiy davlatlar qonun hujjatlarining milliy huquq normalari bilan qiyosiy tahlili, undiruvni qarzdorning jamiyat ustav fondidagi ulushiga qaratish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga takliflar borasida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar
mas’uliyati cheklangan jamiyat, ta’sis hujjati, ustav fondi, ulush, ulush qiymati, umumiy yig‘ilish, undiruvni ulushga qaratish, protsessual hujjatlar, sud hujjatlari, sud hujjatining ijro etish usuli.