YURIDIK SHAXSLARNING JINOIY VA MAʼMURIY JAVOBGARLIGI
Meliyev Xudoyor Xurramovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada yuridik shaxslarning jinoiy va ma’muriy javobgarligi masalalari tahlil qilingan bo‘lib, amaldagi qonunchilikda jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik uchun faqatgina jismoniy shaxslarning javobgarligi belgilangan. Bu esa, oʻz navbatida, yuridik shaxslarning boshqaruv organlari va mansabdor shaxslari tomonidan yuridik shaxsning manfaati va foydasini koʻzlab sodir qilingan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning oʻzini emas, balki bevosita ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutadi. Mazkur holat huquqbuzarlikning sodir etilishidan amalda manfaatdor boʻlgan shaxslarga qarshi javobgarlik choralarini qoʻllashga va yuridik shaxslar faoliyatida huquqbuzarliklarning oldini olishga imkon bermaydi. Shu sababli huquqbuzarlikni sodir etishda jismoniy shaxslar bilan bir qatorda, yuridik shaxslarning javobgarligini ham belgilash zaruriyati namoyon boʻlmoqda. Bu esa bir qancha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasida qo‘llanib kelmoqda. Shu sababli maqolada mamlakatimizda ushbu yo‘nalishni takomillashtirish lozimligi asoslangan. Bundan tashqari, maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligi masalalariga doir bir qancha olimlarning qarashlari va xorijiy davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
javobgarlik, jismoniy shaxs, yuridik shaxs, ma’muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, xorijiy tajriba.
Iqtibos uchun
For citation: