AYRIM XORIJIY DAVLATLARDA MAHKUMLARNING MODDIY-MAISHIY TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MASALALAR TAHLILI
Matchanov Faxriddin Kuramboy o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti huquq magistri, “Ommaviy huquq” fakulteti dekanati metodisti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada ayrim xorijiy davlatlarda mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti bilan bog‘liq masalalar tahlil etilgan hamda ularning nazariy va amaliy yechimini hal etish maqsadida xulosalar keltirilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’ekti sifatida xalqaro maydonda faoliyat ko‘rsatib, umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari va qoidalarini tan olgan holda, jazoni ijro etish tizimini harbiy yoki yarim harbiy ko‘rinishdagi idoralar tomonidan boshqarilishidan voz kechishi lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti masalasini hal etishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymagan holda, taxminiy, biroq muddatlari real voqyelikka mos keladigan jazoni ijro etish tizimining kamida o‘n besh yoki yigirma yillik faoliyatini qamrab oladigan yangi konsepsiyaning ishlab chiqilishi va amaliyotchi mutaxassislar hamda keng jamoatchilik e’tiboriga ma’lum qilinishi lozimligi o‘z aksini topgan. Barcha davlatlarda ham penitensiar tizim Adliya vazirligi tasarrufida emasligi va bu masala har bir davlatning ichki siyosati, iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liqligi misollar yordamida yoritilgan.
Kalit so'zlar
xorijiy, mahkum, moddiy-maishiy, ta’minot, jazo, ijro etish, muassasalar, penitensiar tizim.
Iqtibos uchun
For citation: