FUQAROLAR HUQUQLARINI TAʼMINLASHDA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR VA SUD TIZIMINING O‘ZARO HAMKORLIGI

Bazarbaeva Shaxlo Raximovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi

Sobitova Umidaxon Murod qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura sho‘basi oʻqituvchisi, mustaqil izlanuvchi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi sud hamda huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi hamkorlikning ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ushbu organlarning tuzilmasi, funksiyalari va oʻzaro aloqasi hamda ularning huquqiy davlatni barpo etishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonlarida belgilangan asosiy yoʻnalishlar aks ettirilgan boʻlib, ularda sud-huquq tizimini isloh qilish va adolat prinsipini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada sudlar, prokuratura va inson huquqlari himoyasini taʼminlovchi boshqa institutlarning kelishilgan va muvofiqlashtirilgan harakatlari zarurligi taʼkidlangan. Ushbu organlarning samarali hamkorligi fuqarolarning huquqqa va davlat institutlariga boʻlgan ishonchiga asoslangan demokratik jamiyatni shakllantirishning muhim sharti ekanligi qayd etilgan.
Kalit so'zlar
qonun ustuvorligi, sud tizimi, huquqni muhofaza qilish organlari, oʻzaro hamkorlik, huquqiy davlat, sud mustaqilligi, islohotlar, raqamlashtirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish
Iqtibos uchun
For citation: