VOYAGA YETMAGAN SHAXSNI G‘AYRIIJTIMOIY XATTI-HARAKATLARGA JALB QILGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK MASALALARI
Niyozova Salomat Saparovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari o‘rganilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasida nazarda tutilgan voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol qilish hamda jinoyat sodir etishga jalb qilish kabi og‘irlashtiruvchi holatlar tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish o‘ziga xos qiziqtirish (aldash, ishonchni suiiste’mol qilish); jismoniy zo‘rlik ishlatish; qo‘rqitish, ya’ni ruhiy zo‘rlik ishlatish (majburlash); g‘araz niyatlarni uyg‘otish (o‘ch olish, hasad qilish, rashk qilish) kabi usullar orqali amalga oshirilishi mumkinligi olimlar fikrlari asosida tahlil etilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni ham o‘rganilib, mazkur qonunga asosan, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va qarovsizligi ham mazkur jinoyatni sodir etishga omil bo‘lishi ta’kidlangan. Mazkur masala yuzasidan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
voyaga yetmagan, shaxs, g‘ayriijtimoiy, xatti-harakatlar, jalb qilganlik, jinoyat, javobgarlik, jazo, iste’mol qilishda, fohishalik.
Iqtibos uchun
For citation: