DAVLAT-FUQAROLIK JAMIYATI MULOQOTI: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL VA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR

Nazarov Shavkat Nazarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi munosabatlarning nazariy-huquqiy tabiati va konseptual asoslari tahlil qilinadi. Maqolada mazkur munosabatlarning tarixiy rivojlanish jarayoni, Gʻarb va postsovet makonidagi nazariy yondashuvlar, jumladan, Gramshi, Pulantzas va Burdye nazariyalariga asoslangan tahlillar keltirilgan. Shuningdek, davlat va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi muloqot mexanizmlari, PR-texnologiyalar va jamoatchilik maslahatchilar institutining muhim ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan. Muallif ushbu munosabatlarni binar oppozitsiya sifatida emas, balki dialektik oʻzaro toʻldiruvchi tizim sifatida talqin qilish zarurligini ilmiy asoslaydi. Davlat va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi munosabatlar faqat huquqiy yoki siyosiy jihatlar bilan cheklanmaydi. Bu munosabatlarning madaniy, kommunikativ, simvolik va diskursiv jihatlari ham muhim rol oʻynaydi. Zamonaviy nazariyalar davlat va fuqarolik jamiyatini qatʼiy ajratish emas, balki ularni oʻzaro taʼsir qiluvchi, chegaralari doimo oʻzgarib turuvchi tizimlar sifatida koʻrsatadi. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning qarashlari solishtirma tahlil qilingan va fuqarolik jamiyati subyektlarining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish uchun institutsional mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Shu bilan birga, maqolada raqamlashtirish va globallashuv sharoitida davlat-fuqarolik jamiyati munosabatlarining yangi konfiguratsiyalari va transmilliy xususiyatlari tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
davlat, fuqarolik jamiyati, muloqot, institutlar, gegemoniya, kommunikatsiya, demokratiya, nazariya, huquq
Iqtibos uchun
For citation: