JAHONDA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI VA ISTIQBOLLARI: QIYOSIY TAHLIL

Bozarov Sardor Soxibjonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif sun’iy intellekt tushunchasi, uni ko‘plab xorijiy mamlakatlarda va O‘zbekistonda rivojlantirish strategiyalari masalasini muhokama qiladi. Xususan, sun’iy intellekt sohasidagi global ishtirokchi davlatlar: AQSh, Xitoy, yevropa Ittifoqi va boshqa mamlaktlarning sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha konseptual masalalari ko‘rib chiqilgan. Muallif sun’iy intellektning rivojlanish yo‘llarini o‘rganishi va tahlil qilishi asosida, O‘zbekiston Respublikasida puxta o‘ylangan va strategik jihatdan yaxshi ishlab chiqilgan rejaga ega bo‘lmasdan turib sun’iy intellektning taraqqiy ettirish mumkin emas degan xulosaga keladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining sun’iy intellektni barcha soha va taromoqlarga, hususan, sanoat, tibbiyot, fan, transport, kommunikatsiyalar va boshqalarga joriy etish yo‘lidagi ilk qadamlari ko‘rib chiqilgan. Muallif yuqoridagi davlatlar, shuningdek, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Yaponiya kabi davlatlarning ko‘plab strategiya va rejalarini tahlil qilish asosida mamlakatimizda sun’iy intellekt tizimini rivoj­lantirish bo‘yicha o‘z qarashlari va tavsiyalarini ilgari surgan.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt, raqamlashtirish, ishlab chiqarish, strategiya, tatbiq etish, robotlashtirish, texnologiya, IT sanoati.
Iqtibos uchun
For citation: