MASʼULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT ISHTIROKCHILARINING UMUMIY YIGʻILISH QARORI YUZASIDAN NIZOLASHISH ORQALI KORPORATIV HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING AYRIM MASALALARI
Saidov Maqsudbek Norboyevich
Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari,
iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada umumiy yigʻilish qarorining huquqiy tabiatini yoritish barobarida umumiy yigʻilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq sud amaliyoti tahlil qilinib, ishtirokchilarning sudga murojaat qilish huquqi va tartibidan boshlab bunday toifadagi nizolarning sudda koʻrib chiqilishi va sud hujjatining ijro etilishiga qadar boʻlgan jarayonlar yoritilgan. Shuningdek, umumiy yigʻilish qarori ishtirokchilarning xohish-irodasiga asosan vujudga keladigan alohida yuridik fakt ekanligi taʼkidlangan holda bu boradagi turli xil yondashuvlar, jumladan, umumiy yigʻilish qarorini “bitim” yoki “meʼyoriy hujjat” sifatida qarashlarni inkor etuvchi fikr-mulohazalar bildirilgan. Bundan tashqari, umumiy yigʻilish qarorlarini oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan va nizoli qarorlarga boʻlish orqali ularning oʻxshash va farqli jihatlari, bu boradagi daʼvo muddatlari, ishtirokchilarning huquqlari sudlar tomonidan himoya qilinishidagi mavjud muammolar va yechimlar qiyosiy-huquqiy tahlil asosida oʻrganib chiqilib, moddiy va protsessual huquq normalarini takomillashtirish hamda Oliy sudning tegishli plenum qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berilgan. Maqolaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, sudlar tomonidan mazkur toifadagi koʻrilgan ishlar umumlashtirilib, umumlashtirish jarayonida aniqlangan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha Oliy sudning amaliy tajribalari bilan oʻrtoqlashilgan.
Kalit so'zlar
umumiy yigʻilish qarori, oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan qaror, nizoli qaror, yuridik fakt, ishtirokchilarning huquqlarini amalga oshirish, himoya qilish, daʼvo muddati.