OILADAGI ZO‘RAVONLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish hamda milliy va xorijiy taj­ribaga doir masalalar bayon etilgan. Maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, hozirgacha oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olishga doir alohida masalalar va bu borada xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, alohida tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan. Shuningdek, mavzuning dolzarbligi oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olishga doir masalalarni ilmiy hamda nazariy jihatdan tadqiq etish, bu borada tegishli taklif va tavsiyalar berishdan iborat. Maqolani yozish jarayonida umumilmiy uslublar: funksio­nal yondashuv, mantiqiylik, tizimlilik, tarixiy, qiyosiy-huquqiy, statistik, sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish kabi metodlardan foydalanilgan. Mazkur maqolaning natijalaridan ko‘zlangan maqsad kriminologiya fanini rivojlantirish, oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish, subyektlar faoliyatini yaxshilash va bu boradagi qonunchilik normalarini takomillashtirish hamda oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqishdir. Oiladagi zo‘ravonlik – bu shaxsga qarshi noqonuniy kuch ishlatish, kaltaklash, zo‘rlash, majbur qilish, ta’sir ko‘rsatish, o‘z hukmronligini o‘tkazish kabi belgilar orqali ifodalanishi hamda u, asosan, jismoniy yoki ruhiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu borada olimlarning fikr va mulohazalari tahlil etilib, jinoyat huquqi nazariyasini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
oila, zo‘ravonlik, oldini olish, voyaga yetmaganlar, jismoniy, ruhiy, tajovuz, jinoyatchilik, jinoyat, profilaktika.