O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSIDA OILAGA QARSHI JINOYATLAR TUSHUNCHASI
Ibrohimova Zulxumor Solix qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti, tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada oila manfaatlariga qarshi qasddan sodir etilgan qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikning qonunchilik asoslari tahlili keltirilgan. Oilaga qarshi jinoyatlar tushunchasi, mazkur toifaga kiradigan jinoyatlar turkumi turli mezonlarga asoslanib ko‘rib chiqilgan. Muallif oilaga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni bir qator xalqaro huquqiy hujjatlar asosida, jumladan, 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966 yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalari asosida tahlil qilgan. Bu hujjatlarga muvofiq, oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘lagi hisoblanadi hamda jamiyat va davlat tomonidan alohida himoya ostidagi ijtimoiy institut ekani ta’kidlanadi. Oila manfaatlariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik muammolarini ko‘rib chiqishda muallif ilmiy bilishning huquqiy normalari, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, qiyosiy huquqiy tahlil, shuningdek, analiz, sintez kabi mantiqiy usullarini qo‘llagan. Ushbu tahlil asosida Jinoyat kodeksining V bobida ilk marta asosiy ob’ekti voyaga yetmaganlarning normal rivojlanishi va tarbiyasini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, oilaning shaxs va jamiyat ehtiyojlariga munosib shakllanishi va faoliyati bo‘lgan jinoyatlar haqidagi normalar konsolidatsiyasi amalga oshirilgani xususidagi xulosaga kelingan. Bu turdagi jinoyatlarni tasniflash bo‘yicha nazariy qarashlarni o‘rganish jarayonida muallif ilmiy adabiyotlarda ko‘p uchraydigan tasniflashni ikkita kichik guruhga ajratadi: oilaga qarshi jinoyatlar va voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar. Tanqidiy tahlil qilgan holda muallif O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoiy qonunchiligiga asoslanib, oila qadriyatlari, oila manfaatlariga tajovuz qiladigan jinoyatlar guruhlari, shuningdek, voyaga yetmaganlarning axloqiy, aqliy, jismoniy rivojlanishi (JKning 122-, 124-, 125-moddalari) va oila axloqi ustunlariga qarshi qaratilgan jinoyatlar guruhini ajratadi.
Kalit so'zlar
oila, bola, bolalar, voyaga yetmaganlar, ota-onalar, bolani asrab olgan oila, patronat, oila manfaatlari, rivojlanish, jinoiy javobgarlik, jinoyat.
Iqtibos uchun
For citation: