O‘SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISHDA JAMOATCHILIK NAZORATINI HUQUQIY TA’MINLASH MASALALARI

Maxkamov Durbek Nematovich

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish holati va tartibi, qonunchilik tahlili, amaliyotdagi holat yuzasidan ilmiy-nazariy munosabat bildirilgan. Konstitutsiyaning o‘simlik dunyosi muhofazasidagi o‘rni va bunda jamoatchilik nazoratining ta’siri borasida farazlar bayon etilgan. Jamoatchilik nazoratining usullari va amalda qo‘llanilishi jarayonlari aniq misollar orqali ifodalangan. OAVning mazkur munosabatlarni jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyekt sifatidagi o‘rni batafsil yoritilgan. Shuningdek, muallif tomonidan amaldagi qonunchilik holati, olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari bayon etilgan bo‘lib, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Ayniqsa, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi tartib-taomillarning qo‘llanilishida jamoatchilik nazoratining xususiyatidan kelib chiqib, amalga oshirish tartibi va huquqiy rejimi qayd etilgan. Mazkur munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan shaffof mexanizmni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur maqolada aks etgan taklif va mulohazalar amaliyotga joriy etilishi, birinchidan, o‘simlik dunyosi obyektlari muhofazasini ta’minlaydi, ikkinchidan, jamoatchilik ekologik nazoratini real hayotda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, moratoriy, jamoat ekologik nazorati, daraxtlarni kesish, o‘simlik dunyosini muhofaza qilishda jamoat ekologik ekspertiza.
Iqtibos uchun
For citation: