RAQAMLI HUQUQLARNI TARTIBGA SOLISH OMILLARI VA ZARURIYATI

Islomqulova Shohsanam Vahobjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli huquqlarning bugungi kunda qanchalik rivojlanib, hayotimizning barcha sohalariga kirib borayotganligi va shuning uchun ham ularni tartibga solishning zaruriyatga aylanayotgani haqida so‘z boradi. Bilamizki, bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalar, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, o‘z navbatida, shaxslarning raqamli huquqlariga ham bevosita taʼsir ko‘rsatadi va uni tartibga solishdagi omillardan biri hisoblanadi. Maqolada raqamli huquqlarni tartibga solishga yana qanday omillar taʼsir ko‘rsatayotgani birma-bir sanab o‘tiladi. Raqamli huquq tushunchasi, uning axborot huquqi, mulk huquqi (ashyoviy huquq) kabilardan farqlari, uning fuqarolik huquqining obyekti sifatidagi o‘rni, huquqning qaysi turiga aloqadorligi yoki uning alohida huquq sohasi ekanligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Raqamli huquqlarni tartibga solish bo‘yicha mamlakatimiz va xorijda amalga oshirilayotgan ishlar haqida namunalar keltirilgan. Shuningdek, muallif maqolada raqamli huquqlarni tartibga solish uchun, avvalo, raqam­li texnologiyalarni rivojlantirish va ularning fuqarolar tomonidan mukammal o‘rganilishini taʼminlash zarur, degan pozitsiyani ilgari suradi.
Kalit so'zlar
mulk huquqi, ashyoviy huquq, raqamlashtirish, raqamli huquq tushunchasi, raqamli huquqlarni tartibga solish zaruriyati, raqamli huquqlarni tartibga solish omillari.
Iqtibos uchun
For citation: