ADVOKATLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Mallayev Normamat Ramazanovich
Termiz davlat universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi
Ergashev Bahodir Abdurasulovich
Termiz davlat universiteti 5A240101 – Advokatlik faoliyati mutaxassisligi magistranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada Respublikamizda advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish, bu borada soha qonunchiligining tegishlicha takomillashtirishning ijobiy samarasi asosida bu sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mazkur sohani tadqiq etish zarurati mavjudligi asoslangan. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish, advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomi masalalariga oid ilmiy tushuncha hamda kategoriyalarning mazmun-mohiyatiga oid xulosalar asoslantirilgan. Xorijiy davlatlarning advokatlik tuzilmalariga oid ilg‘or tajribasi va o‘ziga xos jihatlari tahlil etilib, advokatlik tuzilmalarining tabiati (tijorat, notijorat va aralash) bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Advokatlik faoliyatini yanada rivojlantirish va bu faoliyatni samarali tashkil etilishi borasidagi vazifalarni hal qilish muhim ekanligi tahlil etilgan. Advokatlik faoliyatini tashkil etishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
Advokat, advokatura, advokatlik tuzilmalari, huquqiy maqom, advokatlar hay’ati, advokatlar firmasi, qonunchilik.
Iqtibos uchun
For citation: