AMIR TEMURNING TARIXIY MEROSI – INSONIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI

Azimov Hakimali Imomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada Sohibqiron Amir Temur davri insoniyat tarixida madaniy yuksalish hamda ilm-fan ravnaqida alohida davrni tashkil etgani, ushbu davrda yaratilgan buyuk madaniy va ma’naviy meros, me’moriy yodgorliklar nafaqat xalqimiz, balki, dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotiga ham munosib xizmat qilgani ishonchli manbalarga tayanilgan holda tahlil qilingan. Amir Temur tomonidan bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar, xususan, Samarqandning tarixiy-madaniy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Amir Temur tomonidan qudratli davlatning barpo etilishi, mamlakatda adolat ustuvorligining ta’minlanishi umummintaqa siyosiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga ham sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgani ham yetarlicha asoslangan. Shuningdek, maqolaga ulkan davlat va jamiyatni boshqarishda “Temur tuzuklari”ning muhim rol o‘ynagani hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz Amir Temur barpo etgan buyuk saltanatning negizini tashkil etgani haqida ham bir qator materiallar jalb etilgan.
Kalit so'zlar
Amir Temur, “Temur tuzuklari”, ilm-fan, madaniyat, sipoh va raiyat, adolat, siyosiy munosabatlar, shayxlar va fozillar, devon, muhaddis, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, koriz, rabot, me’mor, musavvir, soliq, Samarqand qog‘ozi, karvon yo‘llar, savdo-sotiq, diplomatik aloqalar, “Zafarnoma”, “Temurnoma”.
Iqtibos uchun
For citation: