FIRIBGАRLIK HOLАTLАRIDА TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV: TАKTIK XUSUSIYATLАRI, MUАMMOLАRI VА UNING YECHIMLАRI

Sabirbayeva Аynura Baxit qizi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi
“Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Texnik rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini modernizatsiya qilish, pul topish, biznes qilishning yangi turlari paydo bo‘lishi, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bu sohaga firibgarlarning qiziqishi kuchayishiga olib kelgan. Firibgarlikning anʼanaviy turlari, masalan, jabrlanuvchini ishga joylashtirish bilan aldash orqali pullarini egallab olish kabi firibgarlik jinoyatlari zamonaviy turdagi (Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tarmog‘i, dastur taʼminotlari, ijtimoiy tarmoqlar, to‘lov kartalari yordamida sodir etilgan) firibgarlik jinoyatlaridek jabrlanuvchilar doirasini qamrab olmaydi. Ushbu maqolada firibgarlikning zamonaviy turlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishning protsessual tartibi, shuningdek, uni o‘tkazishdagi taktik xususiyatlar o‘rganilgan. Firibgarlikning zamonaviy shakllarini tergov qilishdagi qiyinchiliklarni hal qilish uchun, masalan, fuqarolik munosabatlari ostida yashiringan firibgarliklarni aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan. Maqolada tergovga qadar tekshiruv paytida aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar va holatlar ro‘yxati, shuningdek, yangi turdagi dalillarni olib qo‘yish, ko‘zdan kechirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi keltirilgan. Jamiyatning barcha sohalarini kompyuterlashtirishga qaramay, yangi turdagi dalillar va izlarni (elektron) aniqlash, elektron dalillarni olib qo‘yish, ko‘zdan kechirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi huquqiy tartibga solinmagan (“elektron dalillar” tushunchasi hattoki mavjud emas), shuningdek, bunday dalillarni aniqlash va olib chiqish uchun muayyan tergov harakatlarini o‘tkazishda yagona yondashuv yo‘q. Maqolada olimlarning “elektron dalillar” konseptual apparati, zamonaviy texnologiyalar va dasturlardan foydalangan holda, elektron dalillarni olib qo‘yish, ko‘zdan kechirish va rasmiylashtirish taktikasi haqidagi fikrlari keltirilgan. Xulosa qismida jinoyat-protsessual qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
firibgarlik, fiksatsiya, elektron dalil, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot, tergovga qadar tekshiruv.
Iqtibos uchun
For citation: