OʻZBEKISTONDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI: KOMPENSATSIYAVIY MEXANIZMLAR

Mamadiyev Abror Abduraxmon oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz taʼlim boʻlimi bosh mutaxassisi, mustaqil izlanuvchi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning kompensatsiyaviy mexanizmlari tahlil qilingan. Mamlakatda intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish tizimini yaratish innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiqlikni taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga oid milliy qonunchilikdagi mavjud kamchiliklar oʻrganildi. Xorijiy mamlakatlar sud amaliyotidan olingan misollarda yuqori miqdordagi kompensatsiyalarning preventiv ahamiyati koʻrsatildi. Shartli kompensatsiya miqdorlarini oshirish, uchlamchi kompensatsiya institutini joriy etish, isbotlash yukini yengillashtirish, maxsus intellektual mulk sudlarini tashkil etish, sudyalar va ekspertlarni tayyorlash hamda jamiyatda intellektual mulk madaniyatini shakllantirish boʻyicha amaliy takliflar berildi. Shuningdek, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirishga oid fikrlar ilgari surildi.
Kalit so'zlar
intellektual mulk, kompensatsiyaviy mexanizmlar, patent huquqi, mualliflik huquqi, savdo belgilari, shartli kompensatsiya, uchlamchi kompensatsiya, preventiv choralar, baholash standartlari
Iqtibos uchun
For citation: