SUN’IY INTELLEKT – ROBOTLARNI JAVOBGAR QILISH MUMKINMI?
Bozarov Sardor Soxibjonovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Muallif o‘z ilmiy maqolasida sun’iy intellektning, xususan, hozirgi vaqtda sun’iy intellekt sohasining eng ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida shakllanib borayotgan robotlarning huquqiy javobgarligini aniqlashda mavjud ilmiy va nazariy yondashuvlarni o‘rganib chiqadi. Muallif ta’kidlaganidek, robotlarning qonuniy javobgarligini belgilash qoidalari va mexanizmlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, takomillashib boradi, shu bilan birga, ijtimoiy tamoyillar – robotlarning “hayot” qoidalarini aniq tartibga solish talab etiladi. Ushbu maqolada muallif qator tamoyillarni tahlil etgan, ular orasida robotlarni identifikatsiyalash talabi, ogohlantirish talabi, “qora quti muammosi”, sun’iy intellektni muhandislik infratuzilmasi va inson omilidan mustaqilligi talabi, robotlashtirishning foydaliligi talabi, robotlarni jazolash (yo‘q qilish) hamda ularni tuzatish kabi qoidalar va robotlarni “o‘chirib qo‘yish” kabi muammolar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sun’iy intellektni huquqiy tartibga solishning asosiy muammolari sifatida muallif hozirda ko‘pgina mamlakatlarda sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan sun’iy intellekt obyektlarini yaratishning avtonomligi va mustaqilligini ko‘rsatib o‘tadi. Bundan tashqari, sun’iy intellektni yaratish va ular faoliyatining yagona tamoyillari mavjud emasligi ularga qo‘yiladigan talablarni birlashtirishni ham, huquqiy javobgarlik choralarini belgilashni ham jiddiy ravishda murakkablashtiradi. Robotlardan foydalanish hajmini yanada oshirish bilan robototexnikaning foydali jihatlari va jamiyat xavfsizligi o‘rtasidagi muvozanatni qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
robototexnika, sun’iy intellekt, huquq, axloq, huquqiy javobgarlik, reglament, intellektual mulk obyektlari.
Iqtibos uchun
For citation: