ELEKTRON FUQAROLIK ISHI (E-SUD) TIZIMIDA SUD ISHLARINI BOSHQARISH

Pirmatov Otabek Shavkatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti
Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda Electronic Court Case Management System tizimini tatbiq etish masalalari yoritilgan bo‘lib, uning fuqarolik sudi ishlari tizimida ish hujjatlarini qabul qilish, sud ishlarini taqsimlash, sud ishlarini ko‘rishga tayyorlash, sud ishlarini ko‘rish, sud qarorlarini qabul qilish, sud hujjatlarini yuborish va arxivlash kabi jarayonlarini qamrab olishiga to‘xtalib o‘tilgan. Electronic Court Case Management System elektron sud ishlarini yuritish, ularni avtomatlashtirish tizimi orqali boshqarish hamda hujjatlar, shu jumladan, sud hujjatlarini elektron tarzda uzatish, qayta ishlash, saqlashga mo‘ljallangan tizim ekanligi tavsiflab berilgan. Maqolada Court Case Management System sud hujjatlarini ro‘yxatga olish, ularni tahrirlash, to‘ldirib borish, keraksiz hujjatlarni o‘chirish, fuqarolik sudi ishiga doir sud hujjatlarini oson topish, umuman olganda, sud hujjatlarining yig‘ma jildini elektron tayyorlashga imkon berishi bayon etilgan. Shuningdek, mazkur maqolada dunyoning rivojlangan mamlakatlari sud tizimida Court Case Management System ishlash tartibi hamda afzalliklari ham yoritib berilgan.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt, odil sudlov, raqamlashtirish, Electronic Court Case Management System, interaktiv xizmatlar portali, elektron to‘lov.