O‘ZBEKISTONDA VENCHUR FONDLARNI TARTIBGA SOLISHDA BANK FAOLIYATIDAGI QOIDALARNI QOʻLLASH
Narziyev Otabek Sadiyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Igamberdiyeva Xurshida Xislatillayevna
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, “Ipak yoʻli” AITB Korporativ boshqaruv boʻlimi boshlig‘i
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada venchur moliyalashtirishni tartibga solish usulining ikkita varianti koʻrib chiqildi, bu esa venchur fondlarining sifatli rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatishi va aktivlarni yoʻqotish xavfini kamaytirishi mumkin. Tadqiqotda nufuzli xalqaro ekspertlarning venchur moliyalashtirish sohasidagi ilmiy ishlari hamda tartibga solish va amaliyotda qoʻllash sohasidagi xalqaro tajribani qiyosiy tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Venchur moliyalashtirishni tartibga solishning taklif etilayotgan usullari har bir loyiha va oʻzaro bogʻliq boʻlgan loyihalar guruhi uchun foiz limitini belgilash va venchur fondining investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdan iborat. Ushbu tartibga solish usullaridan kapital bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan venchur moliyalashtirish ishtirokchilariga, kapital bozorini tartibga soluvchi organ taklif qilgan venchur moliyalash subyektlari tomonidan qoʻllanadigan namunaviy hujjatlarda ham foydalanilishi mumkin. Ushbu tartibga solish usullarini joriy etish natijasida yuqori xavfli loyihalarga investitsiya qilishda xavf kamayishi prognoz qilinmoqda. Investitsiyalarning eng kichik ulushiga ega boʻlgan investorlar maʼlum loyihalarga investitsiya kiritishda venchur fondi boshqaruv kompaniyasining qaroriga vaqti-vaqti bilan taʼsir koʻrsatishi mumkinligini hisobga olib, mazkur nizom ham mahalliy startap-loyihalarga xorijiy yirik investorlarni jalb etish, ham venchurni rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi. Turli vositalarni joriy etish orqali investorlarni himoya qilishning tartibga solish usullari mavjudligi venchur moliyalashtirishda aholi faolligini oshiradi.
Kalit so'zlar
venchur fond, maksimal risk, bogʻliq tomonlar, oʻzaro bogʻlangan boshlangʻich kompaniyalar, toʻlovga layoqatsizlik, moliyaviy yoʻqotishlar, portfelni diversifikatsiya qilish, likvidlik, investitsiya siyosati, sindikat.
Iqtibos uchun
For citation: