IXTIRONING FUQAROLIK-HUQUQIY REJIMI

Mexmonov Qambariddin Miradxamovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada ixtironing fuqarolik-huquqiy rejimi tahlil etilgan. Taklif etilgan tadqiqot ixtiro tushunchasi, huquqiy rejimining mazmun-mohiyati, mavjud prinsiplar, ixtiroga oid munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari haqida tо‘liq ma’lumot olishga imkon beradi. Sо‘nggi yillarda О‘zbekistonda intellektual mulk obyektlarining yaratilishi va huquqiy muhofaza hujjati (patent) berilishi tendensiyasi huquq egalarining huquqlari yetarlicha himoyalanmagani bilan asoslanadi. Shu bilan birga, ixtironing patentga layoqatli shartlari, himoya hujjatining berilish shartlarining murakkabligi huquqiy himoyani amalga oshirishni murakkablashtiradi. Huquq egalari о‘z huquqlarini amalga oshirishda nafaqat milliy qonunchilikdan, balki xalqaro miqyosda ham himoya olish imkoniyatlaridan samarali foydalanmayapti. Ixtironing huquqiy rejimini aniqlash tahlili shuni kо‘rsatadiki, aniq huquqiy chora-tadbirlar, mexanizmlarni qо‘llash orqali О‘zbekistonda ixtiro yetarlicha huquqiy himoya ostiga olinishi mumkin. Mazkur muammolarni huquqiy tartibga solish uchun О‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi qonunchiligini xalqaro talablarga moslashtirish hamda ixtiroga nisbatan huquqni himoya qilishni ta’minlash kerak. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda asosiy yо‘nalish axborot texnologiyalari, sun’iy intellektdan foydalanish bо‘lishi zarur, degan qat’iy pozitsiyani kо‘rsatadi. Shuningdek, maqolada olimlarning ilmiy nuqtayi nazarlari, innovatsion rivojlanish davrida О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi strategiyasi, ixtiroga doir nizolarni hal qilish masalalari atroflicha о‘rganilgan. Xulosada muallif muayyan xulosalarni ilgari suradi.
Kalit so'zlar
intellektual mulk, sanoat mulki obyektlari, huquqiy rejim, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, mustasno huquq, sud nizosi, qonunchilikni takomillashtirish.
Iqtibos uchun
For citation: