QISHLOQ XO‘JАLIK YERLАRIDАN FOYDАLАNISH VА MUHOFАZА QILISH TАRTIBINI BUZGАNLIK UCHUN JINOIY JАVOBGАRLIK

To‘xtashev Hikmatilla Ismatillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va muhofazalash bilan bog‘liq milliy va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi, yerdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan yerlarini kimyoviy va zaharli moddalar bilan ifloslantirganlik yoki yer unumdorligini tushirib yuborganlik uchun jinoiy javobgarlik masalasi tahlil qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi yerlarini huquqiy tartibga solishga qaratilgan normativ hujjatlar o‘rganildi. Qishloq xoʻjalik yerlaridan maqsadsiz foydalanganlik yoki ularni berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik masalasi yer va jinoyat qonunchiligi asosida yoritishga harakat qilindi. Qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanuvchi subyektlarni jinoiy javobgarlik subyekti sifatida e’tirof etishga doir xorijiy mamlakatlar tajribalarini milliy qonunchilikka joriy etish bilan bog‘liq masalalar yoritildi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasi Estoniya, Ispaniya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, AQSh va boshqa bir qator davlatlar tajribalari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga harakat qilingan.
Kalit so'zlar
yer uchastkasi, qishloq xo‘jaligi yerlari, sug‘oriladigan yerlar, yerdan foydalanish, yerni muhofaza qilish, yer qonunchiligini buzish, fermer xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi subyekti, kimyoviy zararlash, yuridik javobgarlik, jinoiy javobgarlik.