ETNIK OZCHILIKLAR HOLATINI TARTIBGA SOLUVCHI XALQARO HUQUQIY UNIVERSAL VA MINTAQAVIY HUJJATLAR TIZIMI RIVOJLANISHI

Xayrullayeva Dilbar Abdusamatovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
mustaqil tadqiqotchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada etnik ozchiliklar holatini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy universal va mintaqaviy hujjatlar tizimi rivojlanishi, bu borada BMT, YUNESKO, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, YXHT, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi aktlarining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Izlanish natijasida etnik ozchiliklar holatini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy universal hujjatlar tizimida 1992-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan universal hujjat Milliy yoki etnik, diniy va tilga oid ozchiliklarga mansub shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya alohida o‘ringa egaligi asoslantiriladi. Etnik ozchiliklar holatini batafsil va keng qamrovli tartibga soluvchi xalqaro huquqiy mintaqaviy hujjatlar tizimini YXHT doirasida qabul qilingan milliy ozchilikka mansub shaxslarning ijtimoiy hayotning turli sohalarida ishtirokiga ko‘maklashuvchi Milliy ozchiliklarning ta’limga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi Haaga tavsiyalari (1996-yil oktabr), Milliy ozchiliklarning til borasidagi huquqlari to‘g‘risidagi Oslo tavsiyalari (1998-yil fevral), Ozchiliklar va ularning odil sudlovga ega bo‘lishi to‘g‘risida Grats tavsiyalari (2017-yil oktabr), Ozchiliklar va raqamli dunyoda OAV Tallin tavsiyalari (2019-yil mart) kabi hujjatlar kirishi asoslantirildi.
Kalit so'zlar
xalqaro huquqiy universal, mintaqaviy hujjatlar, etnik ozchiliklar, huquqlar, tartibga solish.