TINTUV TUSHUNCHASI VA TINTUV O‘TKAZISHDA SHAXS HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINING PROTSESSUAL KAFOLATLARI
Yermekbayev Bauirjan Amantayevich
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jinoiy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi assistent o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat protsessida tergov harakati hisoblangan tintuv o‘tkazish tushunchasi va tintuv o‘tkazishda shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarining protsessual kafolatlari masalalari atroflicha tahlil qilingan. Bunda tintuv tushunchasi bo‘yicha jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan normalar, soha mutaxassislari va olimlarning bu boradagi qarashlari o‘rganilib, mualliflar tomonidan ushbu tushunchaning ta’rifi ishlab chiqilgan. O‘z navbatida, uning olib qo‘yish tergov harakati tushunchasidan farqli jihatlari ochib berilgan. Jinoyat-protsessual qonunchilikda tergovchiga tintuv o‘tkazishda shaxs huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni mustaqil hal qilish bo‘yicha keng vakolatlar berilgan bo‘lib, ushbu maqolada tergov jarayonida tintuv o‘tkazishda tergovchi va ishtirokchilar amal qilishi zarur bo‘lgan shartlar ko‘rib chiqilgan. Tintuv o‘tkazish jarayoni shaxslarning turar joy daxlsizligiga bo‘lgan huquqi bilan bevosita aloqador ekanligi sababli maqolada ushbu tergov harakatini amalga oshirishda turar joy daxlsizligiga bo‘lgan huquqni kafolatlashga doir milliy va xalqaro qonunchilik tadqiq etilgan. Shuningdek, mazkur ilmiy izlanish orqali tintuvni turli joylarda o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari, shu jumladan, diplomatiya vakolatxonasi hududida tintuv o‘tkazilayotganda, diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega bo‘lgan xodimlarining huquqlari va kafolatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham asosli xulosalar bildirilgan.
Kalit so'zlar
tintuv, olib qo‘yish, tergovchi, xolislar, tintuv bayonnomasi.
Iqtibos uchun
For citation: