IJTIMOIY DAVLAT VA UNING BELGILARI: AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALAR

Axmedshayeva Mavlyuda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar natijasida ijtimoiy davlatchilikning huquqiy asoslari konstitutsiyaviy maqomda mustahkamlab qoʻyilgani ijtimoiy davlat, uning belgilari, xususiyatlari hamda amaliyoti masalasiga boʻlgan ilmiy qiziqishni kuchaytirishi taʼkidlanadi. Shu bois bu borada olib boriladigan ilmiy izlanishlar nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyat kasb etishi ham alohida qayd etiladi. Maqolada “ijtimoiy davlat” tushunchasining shakllanish evolyutsiyasi, ijtimoiy davlatning mazmuni, uning belgilari, xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya kabi kategoriya va tushunchalar boʻyicha zamonaviy fanda mavjud qarashlarning ayrimlari keltirilib, tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy davlat nazariyasi va amaliyoti boʻyicha ilgari surilgan modellar va konsepsiyalar koʻrib chiqilib, unda liberalizm hamda sotsial-demokratik qarashlarning oʻzaro nisbat va munosabati yoritiladi. Muallif huquqiy davlat va ijtimoiy davlat oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni tahlil etishga intilib, ular bir-birini istisno etmasligi, aksincha, oʻzaro toʻldirishi mumkinligini asoslashga harakat qiladi. Bundan tashqari, maqolada Oʻzbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat hamda ijtimoiy davlatchilikni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy va institutsional oʻzgarishlar tahlil etilib, mazkur siyosatning mohiyati ochib beriladi. Maqolaning yakunida mavzu doirasida ayrim taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
davlat, konstitutsiya, huquq, huquqiy davlat, ijtimoiy davlat, dunyoviy davlat, liberalizm, sotsial-demokratiya, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya
Iqtibos uchun
For citation: