TADBIRKORLIK FAOLIYATI HUQUQIY ASOSLARI VA MUVAFFAQIYATSIZLIK

Qalandarov Aminjon Amondullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Tadbirkorlik hukumatlar, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchilar tomonidan yuqori baholanadi. Shaxslar tadbirkorlikda erkinlikka bo‘lgan ehtiyojni va qoniqish hissini qondirish vositalarini ko‘rsalar-da, siyosatchilar buni millat uchun iqtisodiy o‘sish ambitsiyalarini qondirish uchun yonilg‘i deb bilishadi. Mavzu, garchi yangi bo‘lmasa-da, ommaviy axborot vositalarida haddan tashqari ko‘p e’tirof etilmoqda. Chindan ham, yirik firmalar, ayniqsa, rivojlangan iqtisodiyotlarda ustunlik qilgan davrdan keyin tadbirkorlik qayta tiklanayotganga o‘xshaydi. Mazkur maqolada tadbirkorlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning kelib chiqish tarixi, tadbirkorlikning bozor munosabatlarida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizimga ta’siri, tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tartibga solinishining dolzarbligi, jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi va ularning shakllari, tadbirkorlik faoliyatining fundamental-huquqiy negizlari, ularga bo‘lgan talablarning yuzaga kelish asoslarini hamda mazkur ijtimoiy munosabat subyektlari tomonidan qabul qilish bosqichlari, tadbirkorlik faoliyatida duch kelish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizlik, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunlarning tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklashdagi ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so'zlar
tadbirkorlik, muvaffaqiyatsizlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar.
Iqtibos uchun
For citation: