О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK KODEKSINING YANGI TAHRIRI LOYIHASIDA “FUQAROLIK QONUNCHILIGI”GA OID YANGILIKLARNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI

Imomov Nurillo Fayzullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi yangi tahriri loyihasining “Fuqarolik qonunchiligi” nomli 1-bobining ilmiy-nazariy tavsifi berilgan. Loyiha bilan FKga kiritilishi taklif etilayotgan о‘zgartirish muallifning talqinida ilmiy jihatdan asoslashga harakat qilingan. Xususan, fuqarolik qonunchiligi asosiy negizlari sifatida ikkita muhim prinsip: “fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xohish-istagini ifodalash erkinligi” va “fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining mulkiy mustaqilligi”ni FKga kiritish zarurati va ahamiyati fuqarolik huquqi doktrinasi va amaliyotidan kelib chiqib asoslantirilgan. Shu bilan birga, maqolada fuqarolik huquqi predmeti tarkibiga korporativ munosabatlar va boshqa turdagi tadbirkorlik munosabatlarini kiritishning ilmiy-metodologik jihatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, fuqarolik qonunchiligi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar tizimida davlat ishtirokidagi munosabatlarni tartibga solishning muhim qoidasini belgilash lozimligi borasida fikr bildirilgan. Shuningdek, umumiy va maxsus fuqarolik qonunchilik hujjatlarining nisbati, fuqarolik qonunchiligining orqaga qaytish kuchini aniqlashtirish, makon bо‘yicha amalda bо‘lishiga oid qoidalarni loyihaga kiritishning zarurati hamda fuqarolik qonunchiligini talqin etish borasidagi qoidalarning loyihada mustahkamlanishi kerakligi muallif tomonidan asoslantirishga harakat qilingan. Qolaversa, maqolada bir qator xorijiy davlatlar qonunchiligi, milliy va xorijiy olimlarning fikrlari tahlili qilinib, ishtirokchilarning о‘zlari tomonidan tartibga solinadigan munosabatlarga oid manbalar hamda fuqarolik qonunchiligi va О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari о‘rtasidagi nisbatga oid taklif etilayotgan о‘zgartish va qо‘shimchalarning mohiyati qisqa talqinda ochib berilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik huquqi, qonunchilik, fuqarolik kodeksi, prinsiplar, fuqarolik qonunchiligini talqin etish, fuqaro, yuridik shaxs, davlat, huquqiy munosabat, huquqiy tartibga solish, korporativ munosabat.
Iqtibos uchun
For citation: