YOʻL-TRANSPORT INFRATUZILMASI LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHDA KORRUPSIYAVIY SXEMALAR: TAHLIL VA YECHIMLAR
Mirzayeva Mohina Srojiddinovna
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada yoʻl-transport infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirishda uchrayotgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va firibgarlik sxemalari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot 2022–2024-yillar davomida Oʻzbekistonda yoʻl qurilishi va taʼmirlash sohasida sodir etilgan real jinoyat holatlariga asoslangan. Unda mavzu ilmiy va amaliy metodlar asosida oʻrganildi. Tender jarayonlaridagi qonunbuzarliklar, soxta hujjatlar tuzish, budjet mablagʻlarini oʻzlashtirish, mansabdor shaxslarning til biriktirib harakat qilishi kabi korrupsiya shakllari alohida koʻrib chiqilgan. Bunda xalqaro tajriba, shu jumladan, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, GIACC va Transparency International kabi tashkilotlar tavsiyalari asosida korrupsiyaga qarshi samarali choralar koʻrsatilgan. Maqolada Integrity Pact, raqamlashtirilgan tender tizimlari, mustaqil audit, jamoatchilik monitoringi, “whistleblower” tizimlari va “debarment” amaliyotining ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Muallif korrupsiyaning infratuzilma sifatiga, davlat organlariga ishonch darajasiga va iqtisodiy oʻsish surʼatiga salbiy taʼsirini taʼkidlaydi. Infratuzilmaviy loyihalarda korrupsiyaning oldini olish maqsadida, ularni amalga oshirishning barcha bosqichlarida xavf-xatarlarni tahlil qilish, nazorat o‘tkazish va shaffoflikni ta’minlash mexanizmlarini joriy etish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Tadqiqot Oʻzbekistonda yoʻl-transport sohasida korrupsiyaga qarshi tizimli yondashuvni ishlab chiqish uchun nazariy va amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
yoʻl-transport infratuzilmasi, korrupsiya, tender jarayoni, talon-toroj, nazorat mexanizmlari, jamoatchilik nazorati, budjet mablagʻlari, xalqaro tajriba, BMT konvensiyasi, GIACC
Iqtibos uchun
For citation: