OʻSIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHDA EKOLOGIK MEʼYORLASHNING HUQUQIY JIHATLARI

Rajabov Nariman Sharifbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Oʻsimlik dunyosi obyektlari inson uchun muhim bir tabiiy resurs sifatida gavdalanib, ularning muhim tomonlaridan biri, atrof-muhitni muhofaza qilishdir. Shu bilan birga, ular havoni changdan tozalab, kislorod bilan boyitadi. Oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda oʻrmon oʻsimliklari alohida oʻrin egallaydi. Ushbu maqolada oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashda muhim ekologik talablardan biri boʻlgan ekologik normativlarning ahamiyati, bunday ekologik tartibga solish tizimining huquqiy jihatlari, uning oʻrni va ahamiyati yoritilib, ushbu soha qonunchiligini rivojlantirish, huquqni qoʻllash amaliyotida vakolatli organlar tomonidan ekologik meʼyorlar va normativlarni oʻrnatilishining oʻziga xos xususiyatlari, ushbu tizimning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollariga oid huquqiy masalalar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, bu borada mualliflik taklifi hamda tavsiyalari ham ilgari surilgan. Ushbu muhim masala yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganilib, mamlakatimiz ekologik qonunchiligi tizimida ekologik meʼyorlashni rivojlantirish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining ilk kunlaridanoq atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shu bilan birga, fuqarolarda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalalariga katta eʼtibor berilayotganligi diqqatga sazovor. Mustahkam qonunchilik bazasi mazkur sohaning samarali rivojlanishiga xizmat qilishi shubhasiz. Shu asnoda bugun mavjud normalarning takomillashtirilishini, xususan, boshqa huquqiy hujjatlarning amaldagi holatini o‘rganib, ularning samaradorligini oshirishni davr taqozo etmoqda.
Kalit so'zlar
oʻsimlik dunyosi, hayvonot dunyosi, biologik resurs, biologik xilma-xillik, ekologik meʼyor, yaylov, milliy tabiat bogʻi, ekologik ekspertiza, ekologik meʼyorlash, ekologik qonunchilik, kvota, chegara, limit.
Iqtibos uchun
For citation: