SHAXSNING OZODLIGIGA QARSHI JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANGAN JINOYAT QONUNI NORMALARINING RIVOJLANISHI
Qurbonov Davlat Ravshanovich
Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normalarining rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Ozodlik insonlarning o‘z taqdiri, maqsad va intilishlarini o‘zi belgilashi, ularni subyektiv xohish-irodasiga ko‘ra mustaqil amalga oshira olishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham tarixiy rivojlanishning barcha davrlarida insonlar ozodlikka intilib, ozodlik va erkinlik uchun kurashib kelganlar. Mazkur maqolada Xammurapi qonunlari, Qadimgi Yunoniston, Rim imperiyasi, islom huquqi, yurtimizda xonliklar, amirlik davri, sovet tuzumi va mustaqillik davrlarida shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi atroflicha tahlil qilingan. Shu jumladan, O‘zbekistonda amalda bo‘lgan 1926-, 1959- va 1994-yillardagi jinoyat qonunlarida shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan normalar qiyosiy-huquqiy o‘rganilgan. Bunda qayd etilgan jinoyat qonunlarida shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilaydigan normalar tahlil qilinib, ushbu normalarning amaldagi jinoyat qonunida belgilangan normalardan farqli jihatlari aniqlangan hamda tarixiy rivojlanish jarayonlarida mavjud bo‘lgan ijobiy tajribalarni tiklash hamda amaldagi jinoyat qonunini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Muallif tomonidan ushbu masalalar yuzasidan xulosalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
erkinlik, ozodlik, shaxsiy daxlsizlik, odam o‘g‘irlash, qiynash, ozodlikdan mahrum qilish, odam savdosi, ayolni erga tegishga majbur qilish.