SHAXSNI TUTQUNLIKKA OLISH BILAN BOGʻLIQ JINOYATLARNI TERGOV QILISH: XORIJ TAJRIBASI
Xudaybergenov Baxram Kuanishbaevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Habibullayev Dalerbek Baxtiyor oʻgʻli,
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabasi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish jinoyatlarni tergov qilish masalalari xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tahlil qilingan. Tadqiqot predmeti sifatida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ozarbayjon kabi davlatlarning tergov amaliyoti oʻrganilgan. Shaxsning erkinlik va daxlsizlik huquqlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishning murakkabligi, gumon qilinuvchilarni aniqlash va dalillarni toʻplash jarayonida kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini toʻgʻri tashkil etish zarurati ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tergov jarayonida xalqaro tajribadan foydalanish jinoyatlarni tez va toʻliq fosh etish imkoniyatini oshiradi. Tadqiqotdagi asosiy muammo – shaxsni tutqunlikka olish jinoyatlarini tergov qilishning milliy va xalqaro usullari oʻrtasidagi farqlarni aniqlash, ilgʻor tajribalarni milliy tergov amaliyotiga joriy etish imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat. Unda qiyosiy-huquqiy tahlil, tizimli yondashuv, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllandi. Buyuk Britaniyaning “oltin soat” prinsipi, AQSh tergovchilarning malaka darajalarini koʻrsatadigan sertifikatlashtirish tizimi, Germaniyada huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi hamkorlik, Fransiyadagi tergov sudyasi instituti va Ozarbayjonning jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilish tizimi shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish jinoyatlarini tergov qilishda muhim omillar ekanligi aniqlandi. Maqola yakunida ushbu natijalarni jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish, tergov amaliyotida zamonaviy uslublarga oʻtish va jinoyat protsessining samaradorligini oshirishda qoʻllash mumkinligi haqidagi takliflar ilgari surildi. Milliy qonunchilikni xorijiy tajribalar bilan uygʻunlashtirish tergov jarayonlarining yanada adolatli va shaffof boʻlishini taʼminlashga yordam berishi taʼkidlandi.
J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
jinoyat protsessi, xorij tajribasi, shaxsni tutqunlikka olish, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, tergov qilish, tergovchi, garovga olish, “oltin soat” prinsipi, tergov sudyasi, odam savdosi
Iqtibos uchun
For citation: