OILAGA VA YOSHLARGA QARSHI JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANGAN JINOYAT QONUNI NORMALARINING RIVOJLANISH TARIXI
Najimov Miratdiyin Shamshetdinovich
Qoraqalpoq davlat universiteti “Jinoiy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy” fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada oilaga va yoshlarga qarshi jinoyatlar tushunchasi va mohiyati, ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari, javobgarlik nazarda tutilgan va belgilangan jinoyat qonunchiligi normalarining rivojlanish tarixi o‘rganilgan. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarning hayoti va xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish davlat va huquq rivojining ilk bosqichlarida huquq normalari aks etgan. Jumladan, Avestoda, undan keyin shariat qonunlarida, xususan, islom dinida ham jinoyat va jazo masalalari to‘liq tartibga solingan. Jinoyatlar: shaxsga qarshi; mulkka qarshi; oilaga qarshi; e’tiqodga qarshi jinoyatlarga bo‘linib, jinoyat sub’ektlari sifatida odam ham hayvon ham e’tirof etilgan. Jinoyat sub’ektlari tushunchasi zamirida shaxsning biron-bir dinga mansubligi yotgan. Biroq Avestoda aynan “oila yoki yoshlarga qarshi jinoyatlar” haqida so‘z yuritilmagan, lekin uning u yoki bu normalarida biz o‘rganayotgan jinoyatlarning ba’zilari uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashning ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Ma’lumki VII asrda yurtimizga islom dini kirib kelgan va chorizm bosqiniga qadar mamlakatimiz hududida shariat huquqi amal qilgan. Shariat huquqiga ko‘ra jinoyatga jalb etgan shaxs ishtirokchi hisoblangan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
oila, yoshlar, jinoyat va jazo, qozi, islom huquqi, moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, javobgarlik, jinoyat qilishga undash, jinoyatga jalb etish, jismoniy yoki ruhiy tazyiq, harakat, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish.
For citation: