QADIMGI SHARQDA INSON VA FUQAROLARNING TADBIRKORLIK BILAN SHUGʻULLANISH HUQUQINI TAʼMINLASHNING HUQUQIY ASOSLARI

Toshqulov Joʻraboy Oʻrinboyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq ilmiy tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, yuridik fanlar doktori, professor

Muhammadjonov Jasurbek Jahongir oʻgʻli

Davlat va huquq ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada Qadimgi Sharqda inson va fuqarolarning tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqini taʼminlashning huquqiy kafolatlari, uni amalga oshirish uchun belgilangan tartib-qoidalar va ushbu huquqni taʼminlashning huquqiy normalari yoritilishi, insonlarning mulk huquqini taʼminlashning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Sharq xalqlarining tarixiy-huquqiy yodgorliklari boʻlmish “Hammurapi qonunlari”, zardushtiylikning “Avesto” kitobi hamda hind xalqi merosi hisoblangan “Manu qonunlari”da ushbu huquq taʼminlanishining kafolatlari yoritilgan. Maqolaning asosiy eʼtiborga molik jihati shundan iboratki, Qadimgi Sharqda inson va fuqarolarning mulk huquqi taʼminlanishi, muhofaza qilinishi bilan bogʻliq qoidalar oʻrganib chiqilgan. Insonlarning mulk huquqi buzilgan taqdirda, belgilanadigan jazo choralari va boshqa chora-tadbirlarning tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqining tarixiy-gʻoyaviy jihatdan shakllanishi, tarixiy-huquqiy hujjatlarda undan alohida norma sifatida foydalanish, tadbirkorlikning qadimda mavjud boʻlgan asosiy turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qiyosiy tahlil qilingan. Inson va fuqarolarning tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqi taʼminlanishining jamiyat farovonligi va iqtisodiy hayotiga ijobiy taʼsiri masalalari oʻrganilgan. Ushbu sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yoʻnalishlari haqida takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
Qadimgi Sharq, inson, fuqarolarning tadbirkorlik huquqi, tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqi, mulk huquqi, “Avesto”, “Hammurapi qonunlari”, “Manu qonunlari”, tadbirkorlikning turlari, tadbirkorlikning huquqiy asoslari.